Аннотация. Были исследованы соматометрические показатели, масса тела, длина роста, размеры объема головы и грудной клетки у детей одного возраста, проживающих в различных климатических зонах Самаркандской области. В исследованиях принимали участия 650 мальчиков и девочек. Данные исследования осуществляли использованием антропометрических методов.
Ключевые слова: физическое развитие, антропометрия, соматометрия, динамик, масса, рост, грудная клетка, сезон.
Биологические науки
УДК. 578.17.043
Тўрамқулов Шокир Нормўминович
Ассистент кафедры Физиологии, генетики и биохимии
Самаркандский государственный университет
Turamqulov Shokir Normuminovich
Assistant of the department of Physiology, Genetics and Biochemistry
Samarkand State University
ФИЗИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДЕТЕЙ В РАЗЛИЧНЫХ ГЕОГРАФИЧЕСКИХ КЛИМАТИЧЕСКИХ ЗОНАХ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ
PHYSICAL DEVELOPMENT OF CHILDREN IN DIFFERENT GEOGRAPHICAL CLIMATIC ZONES
Аннотация. Были исследованы соматометрические показатели, масса тела, длина роста, размеры объема головы и грудной клетки у детей одного возраста, проживающих в различных климатических зонах Самаркандской области. В исследованиях принимали участия 650 мальчиков и девочек. Данные исследования осуществляли использованием антропометрических методов.
Ключевые слова: физическое развитие, антропометрия, соматометрия, динамик, масса, рост, грудная клетка, сезон.
Summary. Somatometric parameters, body weight, length of growth, size of head and chest volume in children of the same age living in various climatic zones of the Samarkand region were studied. In the studies, 650 boys and girls took part. These studies were performed using anthropometric methods.
Key words: physical development, anthropometry, somatometry, dynamics, mass, growth, thorax, season.
Mavzuning dolzarbligi. Bolalarning jismoniy rivolanishi-bu ularning sog’ligi to’g’risida muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishiga juda ko’p omillar tashqi muhit tasiri, ovqatlanishdagi milliy xususiyatlar va an’analar, tarbiyaviy, genitik, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’illanish va turli omillar bilan izohlanadi. Hozirgi vaqtda bolalarning jismoniy rivojlanishiga atrof- muhitning tozaligi, uy sharoiti va ekologiya holati ham muhim ahamyatga ega bo’ladi. Turli tatqiqotchilarning izlanishlariga qaraganda bolalarning jismoniy rivojlanishidagi o’zgarishlarni turli yosh davridagi bolalarda ham kuzatiladi. Turli yoshdagi bolalarda denamik kuzatuvlar o’tkazilgan bu o’tkazilgan kuzatuvlar jismoniy rivojlanish va organizmning o’sishi, yetilishi va garmonik shakillanishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Oxirgi tekshirishlar va kuzatuvlarga qaraganda turli mamlakatlarda bolalarning bo’yi o’sishi tana og’irligi pastlashib borayotganligi malum qilindi. Bolalarning oxirgi o’sishini birdan tushib ketishining darajasi 3 % dan 6 %gacha pasaygan. Turli joylarda yashaydigan o’g’il va qizlarni bo’yining o’sishi tana vaznining o’zgarishida jismoniy balog’at yoshiga yetishdagi o’zgarishlar kuzatilgan. T.S.Krivaruchko ham o’z izlanishlarda o’g’il bolalarning gavda tuzilishi o’sishi 13 yoshdan qiz bolalarda esa 12 yoshdan o’zgarishini aniqlagan. A.T.Boygazikovaning izlanishlarida esa qirg’iz bolalari ya’ni qiz bolalarda gavda tuzilishini o’sishi 13-14 yoshda, o’g’il bolalarda 15-16 yoshda deb ma’lum qiladi. Yu. A.Yanpolskiy ma’lumotlariga ko’ra boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarda bo’y o’sishi aniqladi. 10 yoshdagi qizlarda esa jismoniy rivojlanish o’g’il bolalarga nisbatan tez o’sadi. Intensifikatsiya o’g’il bolalarning o’sishi 13 yoshdan boshlanadi. Gavda o’zgarishi o’g’il bolalarda qizlarga nisbatan 15 yoshda boshlanadi, ya’ni rivojlanadi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Bizning izlanishlarimizda Samarqand viloyatining bir-biridan keskin farq qiluvchi 2 ta geografik huhudda yashovchi Oqdaryo va Nurobod tumanidagi bolalar va o’smirlarning o’shish va rivolanishi bazi omasametrik ko’rsatkichlarni bir-biriga qiyosiy taqqoslab, ular o’rtasidagi o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlarni aniqlashni maqsad qilib oldik. O’tkazilgan tekshirish ishlarida 7-8, 14-15 yoshli 650 nafar o’g’il va qiz bolalar (Oqdaryo tumanidan 350 nafar, shundan 190 ta o’g’il bola va 160 tasi qiz bola) Nurobod tumanidan 160 ta qiz bola 140 ta o’g’il bola) lar ishtirok etishdi. Tekshirishlar antropometriya usuli orqali amalga oshirilgan. Bo’y ko’rsatkichlari vertikal rastometra bosh va ko’krak aylanasi millimetrda, tana vazni tibbiyot tarozisida aniqlanadi. Olingan malumotlar Styudent Fisher varaqasi statistika usulida hisoblab chiqildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tekshirish natijalari va taxlili ko’zatuvlar shuni ko’rsatadiki, vazn ko’rsatkichlari bo’yicha 2 ta hududdagi bolalarda bir xil emas. Har ikkala tumanda yashovchi o’gil va quz bolalarning vazn ko’rsatkichlari quyidagicha o’zgargan. Oqdaryo tumanida o’gil bolalar 7 yoshda 24,1±0,9 kg 8 yoshda 25,9±1,2kg, 14 yoshda 42,3±2,1 kg, 15 yoshda 51,6 kg. Qizlarda 7 yoshda 23,5±1,3kg, 8 yosh 25,1±1,1 kg, 14 yoshda 45,0±2,5 kg. Bolalar vaznining yillik o’sishi ko’rsatkichlari 7 yoshdan 8 yoshgacha 2,4 kgacha 14-15 yoshda 4,5 kg ga tebrangan. Nurobod tumanida yashovchi o’g’il va qiz bolalarning vazn ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il bolalarda 24,2±1,1kg, 8 yoshda 27,3±1,0 kg, 14 yoshda 44,2±2,6 kg, 8 yosh 26,0±1,3 kg, 14 yosh 44,7±1,9 kg va 15 yosh 47,0±1,1kg gacha bo’lgan. Bolalar vaznining yillik o’sish ko’rstkichlari 7-8 yosh davrdagi 3,1 kg ga, 14-15 yosh davrida 8,3 kg ga tebrangan. Qizlarda 7-8 yosh davrida 4,0, 14-15 yosh davrida 3,7 kg ga tebrangan. 14-15 yoshda bo’lgan davrda quydagicha o’zgargan. Oqdaryo tumanida o’g’il bolalarda 27,5, Nurobodda 28,3 kg, qizlarda Oqdaryo tumanida 26 kg, Nurobod tumanida 24,8 ni tashkil etdi. O’g’il va qiz bolalaning bo;yining uzunligi bo’yicha olingan natijalarga ko’ra Oqdaryo tumanida yashovchi o’g’il bolalar ko’rsatkichlari 7 yosh 120,4±0,3, 8 yosh 125,4±2,1, 14 yosh 152,4±1,9, 15 yosh 155,7±4,0, 15 yosh 163,9±5,5, 14 yosh 155,7±1,2 va 15 yosh 163,9±1,9 ni tashkil etdi.
Bo’y ko’rsatkichlari bo’yicha Oqdaryo tumani o’g’il bolalari 7 yosh 120,4±0,1 sm, 8 yosh 125,1±1,9 sm, 14 yosh 152,4±2,9 sm, 15 yosh 159,9±2,2 sm, qizlarda 7 yosh 120,3±0,2 sm, 8 yosh 123,9±2,2 sm, 14 yosh 154,5±1,7 sm, 15 yosh 156,4±1,3 sm. Bolalarning bo’y o’sishinining yillik ko’rsatkichlarini hisoblaganimizda 7-8 yoshli davrida 5,0 sm ga o’sgan. 14-15 yoshli davrida 7,5 smga o’sgan. 7-15 yoshli davrida 39,5 sm (33 %) ga o’sgan. Qizlarda esa 7-8 yoshgacha bo’lgan davrda 3,6 sm ga o’sgan. 14-15 yoshgacha bo’lganda 2,1 sm ga o’sgan. 7-15 yoshgacha bo’lgan davrda 36,1 sm (30%).
Shu yoshdagi Nurobod tumanida yashovchi o’g’il va qizbolalarning bo’y ko’rsatkichlari o’g’il bolalarda 7 yosh 123,±1,9 sm, 8 yosh 131,5-1,8 sm, 14 yosh 155,7±4,0 sm, 15 yosh 163,9±5,5 sm. Yillik o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha 7-8 yoshgacha bo’lgan davrda 40,8 sm (34 %) ni tashkil qildi. Qizlarda esa 7 yosh 121,6±3,0 sm, 8 yosh 130,0±2,3 sm, 14 yosh 155,7±3,9 sm, 15 yosh 155,9±3,7 sm. yillik o’sish ko’rsatkichlari 7-8 yosh 7,6 sm, 14-15 yoshda 9,2 sm, 14-15 yoshgacha bo’lgan davrda 34,3 sm (29 %) ga o’sgan. Ko’krak qafasi aylanasi kattalashishi bo’yicha 7-15 yoshgacha bo’lgan davrda Oqdaryo tumanida 2,7(4,6%) qizlarda2,5 sm(4,4 % )Nurobod tumanida 3 sm (5,2 %) qizlarda 2,1(3,7 %) kattalashgan. 14 yoshlarda Oqdaryo tumanida 3,5 sm(4,3 %) qizlarda 3,9 sm (5,2 %) Nurobod tumanida 10,9 sm (15 %) qizlarda 7,9 (11 %) o’sgan. Somatametrik ko’rsatkichlardan bosh aylanasining o’lchamlari aniqlanganda 7 yoshlo Oqdaryo tumanidagi o’g’il bolalarda 51,7±0,5sm 15 yoshda 54,5±0,7sm, Nurobod tumanidagi 7 yoshli o’g’il bolalarda 52,1±1,0 sm 15 yoshda 55,5±1,1 sm qizlarda 51,2±1,9 sm 15yoshda 54,4±1,1 sm. Bosh aylanasining o’sishi 7-15 yoshgacha bo’lgan davrda Oqdaryo tumanida 3,4s m (6,5 %) ni qizlarda 3,2 sm (6,2 %), Nurobod tumanida 2,6 sm (5%) ni, qizlarda 3,3 sm (6,4%) ga o’sgan.
Xulosalar.
Адабиётлар рўйхати