Аннотация. B этой статье даётся сведения о том, что в корме кроликов встречаются двухвалентные антагонические элементны, препятствующие усвоению кальция организмом. В результате исследований установлено, что такие элементы существуют.
Kлючевые слова: антипищевые вещества, кролик, антогонистические элементы, рацион, Мg, Zn, норма.
Биологические науки
УДК. 578.17.043
Рўзиев Фарид Ашурович
Ассистент кафедры Физиологии, генетики и биохимии
Самаркандский государственный университета
Идрисова Леля Дамировна
Студентка 4-го курса кафедры Физиологии, генетики и биохимии
Самаркандского государственного университета
Ruziyev Farid Ashurovich
Assistant of the department of Physiology, Genetics and Biochemistry
Samarkand State University
Idrisova Lelya Damirovna
Student of the department of Physiology, Genetics and Biochemistry
Samarkand State University
QUYONLARDA KALSIYNING O’ZLASHTIRILISHIGA ANTОGONIST ELEMENTLARNING TA’SIRI
THE EFFECT OF CALCIUM ANTОGONISTIC ELEMENTS ON OBSORBTION IN RABBITS
Аннотация. B этой статье даётся сведения о том, что в корме кроликов встречаются двухвалентные антагонические элементны, препятствующие усвоению кальция организмом. В результате исследований установлено, что такие элементы существуют.
Kлючевые слова: антипищевые вещества, кролик, антогонистические элементы, рацион, Мg, Zn, норма.
Summary. This article provides information that in the nutrition of rabbits there are bivalent antagonistic elements that prevent the absorbsion of calcium from the body. As a result of research, it is established that such elements exist.
Key words: antifood, antagistic elements, rabbit, Mg, Zn, ration, meal.
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda oziqalarning miqdori, turlari va sifatiga katta e’tibor qaratilmoqda, lekin oziqa tarkibidagi ayrim moddalarning o’ziga xos jihatlari, ya’ni ba’zi moddalarning hazm mexanizmlariga ta’siri to’liq o’rganilgan emas. Jumladan, antioziqalarning qanday turlari borligi va ularning hazm jarayonlariga ta’siri hali nazariy va amaliy to’liq o’rganilmagan. Ushbu mavzu yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilishi hazm fiziologiya sohasida va oziq-ovqat sanoati sohasida yanada yangi ma’lumotlar olishga imkon beradi. Oziqalar tarkibini yanada chuqurroq tahlil qilish orqali sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini saralab olish, tabiiy bo’lgan oziqalarni oziqalar ratsionida ko’proq o’rin egallashiga erishish, antioziqalarni aniqlash usullarini ishlab chiqish, quyonlar oziqlanishi jarayonida antiozuqalar ta’sirini o’rganishni maqsad qilib oldik.
Tadqiqot ishining uslublari: nazoratdagi va tajribadagi ikki valentli antagonist elementlar berilgan quyonlar qoni tarkibidagi Ca2+ ni foto- elektrokolorimetr usulida aniqlash, ma’lumotlarni statistik tahlil qilish. Yer yuzida aholi oshgani sayin, ularni sifatli oziqa maxsulotlari bilan ta’minlash va sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida oziqlanish ratsioniga rioya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Lekin, oziqa tarkibidagi ayrim moddalarning o’ziga xos jihatlari, yani ba’zi moddalarning hazm mexanizmlariga ta’siri to’liq o’rganilganilish darasi ancha past. Masalan, antioziqalarning qanday turlari borligi va ularning hazm jarayonlariga ta’siri hali nazariy va amaliy to’liq o’rganilmagan. Ushbu mavzu yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilishi, hazm fiziologiyasi sohasida va oziq-ovqat sanoati sohasida yanada yangi ma’lumotlar olishga imkon beradi. Yangi ma’lumotlar asosida tuzilgan ovqatlanish gigienasi orqali insonlar salomatligini yanada yaxshilashga, ularni oz bo’lsada umrini uzaytirishga erishiladi. Turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridagi antioziqalarni (antivitaminlar, antiaminokislotalar, antifermentlar) ovqat hazm qilish mexanizmlariga ta’sirini o’rganish va asosan kundalik qabul qilayotgan oziqalar tarkibidagi ayrim antimoddalarning ovqat ratsionidan chiqarib tashlash to’g’risida tavsiyalar berib, bo’rdoqiga boqilayotgan hayvonlar (quyonlar) sog’ligini saqlashga qaratilgan chora tadbirlarga oz bo’lsada o’z hissamizni qo’shish umididamiz. Quyonlar oziqasidagi kalsiyga antogonist elementlar magniy va ruxning ta’siri natijasida kalsiy elementining so’rilishidagi o’zgarishlarni kuzatish maqasadida nazoratdagi 3-4 oylik quyonlar (antioziqalar berilmagan quyonlar) hamda tajribadagi 3-4 oylik quyonlar (Mg, Zn antioziqalari berilgan quyonlar) tanlab olindi. Ular bir muddatda nazorat qilib borildi va qonidagi kalsiy tekshirilganda quyidagi natijalar olindi. (1-2 jadvallar).
1-jadval
Qo’shimcha antagonist elementlari berilmagan nazoratdagi quyonlar qonidagi kalsiy miqdori ( mmoll/l)
№ |
X |
Y(x-M) |
Y2 |
|
1 |
nazoratdagi |
3,32 |
-0,148 |
0,0219 |
2 |
nazoratdagi |
3,57 |
0,102 |
0,0104 |
3 |
nazoratdagi |
4,01 |
0,542 |
0,2938 |
4 |
nazoratdagi |
3,04 |
-0,428 |
0,1832 |
5 |
nazoratdagi |
3,4 |
-0,068 |
0,0046 |
∑ |
17,34 |
|
0,5139 |
|
|
0,0257 |
|||
M |
3,468 |
m |
0,1603 |
Yuqoridagi jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilganda antioziqaviy elementlar berilmagan quyonlar qoni tarkibidagi kalsiy miqdori o’rtacha 3,468±0,1603 mmoll/l ni tashkil qildi. Bu ko’rsatkich antagonist elementlar berilgandan bir oz yuqoririroq bo’ldi. (2-jadval)
2-jadval
Qo’shimcha antagonist elementlari berilgan tajribadagi quyonlar qonidagi kasiy miqdori ( mmoll/l)
№ |
X |
Y(x-M) |
Y2 |
|
1 |
tajribadagi |
2,32 |
0,072 |
0,0052 |
2 |
tajribadagi |
2,06 |
-0,188 |
0,0353 |
3 |
tajribadagi |
2,1 |
-0,148 |
0,0219 |
4 |
tajribadagi |
2,8 |
0,552 |
0,3047 |
5 |
tajribadagi |
1,96 |
-0,288 |
0,0829 |
∑ |
11,24 |
|
0,4501 |
|
|
0,0225 |
|||
M |
2,248 |
m |
0,15 |
Antagonist elementlardan magniy va rux mikroelementlari bilan oziqlantirilgan shinshilla quyon zotlari qonida kalsiyning miqdori o’rtacha 2,248±0,15 mmoll/l ni tashkil qildi. Normal o’sish darajasidagi 3-4 oylik quyonlar qonidagi kalsiy miqdorini umumiy jadval tarzida qaraydigan bo’lsak, u quyidagicha ko’rinishdagi jadval va diogramma ko’rinishida bo’ladi.(3-jadval, 1-diogramma.)
3-jadval
Nazotardagi va antioziqaviy moddalar berilgan tajribadagi quyonlar qonidagi kasiy miqdori ( mmoll/l)
Tanlab olingan quyonlar |
Nazoratdagi quyonlar qonidagi Ca2+ miqdori (mmoll/l) n=5 ta M±m |
Antioziqaviy moddalar: kunlik Mg 65-mg, Zn-2mg berilgan quyonlar qonidagi Ca2+ miqdori (mmoll/l) n=5 ta M±m |
Bir oydan keyingi |
Bir oydan keyingi |
|
(3-4 oylik quyonlar) |
3,468±0,1603 |
2,248±0,15 |
1-diagramma. Nazotardagi va antioziqaviy moddalar berilgan tajribadagi quyonlar qonidagi kasiy miqdorilarining solishtirma ko’rinishi
Sholishtirish diagrammasidan aniq ko’rinib turibdiki, kalsiyga antogonist elementlar Mg, Zn preparatlari bir oy davomida qo’shimcha berilgan quyonlarda kalsiyning miqdori qo`shimcha preparatlar berilmagan quyonlarga nisbatan kam miqdorni tashkil etdi.
XULOSALAR
Foydalanilgan adabiyotlar